1. 1. Saqlash, asrash, himoya qilish qobiliyati yoki qudratiga ega bo‘lgan kimsa, narsa; himoya; homiy.
Issiqdan panoh topmoq.
▬
Boshiga og‘ir kunlar kelganda, Xo‘jand ahli yana shu eski qal’aga panoh izlab keldi.
M. Osim, Karvon yo‘llarida
Panoh bo‘ldi bizga bu o‘rmon, Ko‘plar bizday asrar bunda jon.
X. Saloh, Izlar va hislar
2. ko‘chma hma Himoya, homiylik.
Mulla Fazliddin Quvada turgan paytlarida Tohirga xam-savod o‘rgatgan edi. Endi jiyani panoh istab borsa, qanoti tagiga olishi mumkin.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Zaynab qoldi bechora yakka, Kimsa kelmas unga ko‘makka, Pa bir panoh, na bir oshiyon, Na bir g‘amxo‘r, na bir mehribon.
H. Olimjon, Zaynab va Omon
Barcha ulug‘larga yalindim, yolvordim, yig‘ladim, siqtadim. Mana endi oxirida sizning panohingizga keldim.
J. Sharipov, Xorazm
3. ko‘chma hma Himoyachi, yaqin kishi, do‘st.
Yigitlar maktubin bitganda qondan, Kelinlar firoqdan chekkanda yohu, Uning ham panohi qaytmadi jangdan. O‘n to‘qqiz yoshida beva qoldi.
A. Oripov, Yillar armoni
Bahor, qatra yoshim aylagil qabul, Onam boshiga ham bordingmikan, ayt?! Uning oromgohi bundan olis joy, Olisda yotibdi mening panohim.
A. Oripov, Yillar armoni