Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {panja}
So‘z bo‘g‘inlari: pan-ja
Izoh(lar)i:
panja ot

1. 1. Qo‘lning kaft va barmoqlardan iborat qismi. Rais., keng panjasi bilan piyolani qopladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Akbarali hansirar, panjalari pichoq dastasini shunday qattiq qisib ushlagan ediki, bo‘g‘inlari ko‘karib, qon talashib ketgan edi. S. Ahmad, Ufq

2. s. t. t. Barmoq. U buni besh panjasiday biladi. Zakot bobidagi barcha taomil, qoida va tartib kaminaga besh panjaday ayon. Oybek, Navoiy
Eshmurodning panjalari orasida pufakchalar paydo bo‘libdi. Shuhrat, Shinelli yillar
Ikkita panjasi shartta uzilib tushdi-yu, jon holatda bir qo‘li bilan osilib, tomdan tushdi. S. Ahmad, Ufq

3. 3. Ba’zi hayvon va qushlar oyog‘ining uch qismi; changal. Ayiqning panjasi. Burgutning panjasi. Yosh qo‘l — arslon panjasi. Maqol
Qirrador toshlarga panjalari bilan yopishib olgan kaltakesaklar nursiz ko‘zlarini baqraytirib, tillarini chiqarib qo‘yishardi. Yoshlik

4. ko‘chma hma Iskanja. tutqunlik; tobelik. Bu bahonada u bechorani ham zolimning panjasidan qutqazib, o‘z sevganiga qo‘shib olib keturmiz. Hamza, Paranji sirlari
O‘nlab qishloqni o‘z panjasida ushlab turgan Said Jalolxon eshonning pand-nasihatlari kuchlilik qilardi. S. Ahmad, Hukm

5. Panja ko‘rinishidagi shakllari bo‘lgan bilaguzuk turi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.