1. Yer chopganda yoki haydaganda uvalanmay, butun holda ko‘chgan katta yapaloq kesak.
Cho‘l qushlarining qilig‘i qiziq: ular palaxsa-palaxsa ag‘darilib, qalayday yiltirab yotgan shudgorda o‘lja talashadi.
H. Nazir, Bir tup g‘o‘za
2. Umuman, har qanday qattiq narsaning undan ajralgan yaxlit, yapaloq parchasi.
G‘ulomjon har gurzi urganda, tog‘ palaxsa-palaxsa bo‘lib ag‘darilar, odamlar qiyqirishib, yugurishib tashishar emish.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha