Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {palata}
So‘z bo‘g‘inlari: pa-la-ta
Izoh(lar)i:
palata ot

1. 1. Ba’zi mamlakatlarda: parlament yoki boshqa oliy davlat organining tarkibiy qismi.

2. 2. O‘zbekistonda: parlament — Oliy Majlisning ikki tarkibiy qismi: quyi palata — Qonunchilik palatasi, yuqori palata — Senat. Palatalar bilan hamkorlik qilish, ularga har tomonlama yordam berish vazifasi Adliya vazirligining barcha tizimlariga yuklatiladi. Gazetadan
Yuqori palata tarkibini viloyat, shahar va tumanlardan mahalliy kengashlarga saylangan deputatlarning vakillari tashkil etadi. Gazetadan

3. 3. Ba’zi davlat yoki jamoat tashkilotlari va muassasalarining nomi. Savdo palatasi. Kitob palatasi. Tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi. Viloyat tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi qoshida kichik va o‘rta tadbir-korlikni axborot va maslahat bilan qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etilgandi. Gazetadan
Ilmiraxon bilan tanishgunimga qadar O‘zbekiston Yoshlar palatasi haqida ko‘p narsa bilmas ekanman. Gazetadan

4. 4. Davolash va dam olish muassasalarida bemorlar yoki dam oluvchilar yotadigan alohida bo‘lma, xona. Axir, sen davolayotgan bemorlarning palatasiga televizor qo‘yib berishmaydi-ku. T. Ashurov, Oq ot
O‘sha kuni palatamizga sotuvchi ayol atlas olib kelgandi. Gazetadan

5. 5. Yomg‘ir palatadan o‘tib, ko‘rpa-yostiqlarni ham shalabbo qilib yubordi. S. Ahmad, Ufq
O‘rmon ichkarisidagi dala gospitalida brezent palatada yotibman. Qora Lochin palataga har zamon bir bosh suqib, menga qarab qo‘yadi. S. Ahmad, Jimjitlik

6. 6. Ba’zi hashamatli uy, qasrlardagi ichki imorat, zal. Yarog‘-aslaha palatasi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. palata I Ot
qonun chiqaruvchi organ

2. palata II Ot
davolash maskani, shifoxonadagi har bir xona.

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.