Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {palapon}
So‘z bo‘g‘inlari: pa-la-pon
Izoh(lar)i:
palapon [pa-la-pon ]

1. Parrandalarning kali pat va qanot chiqarmagan yoki endigina chiqara boshlagan bolasi Tom bo‘g‘otiga uya qurgan chumchuqlar bot-bot palaponlarini uchirma qilishardi N. Qobil, Unutilgan sohillar

2. Go‘dak bolalarni, yoshlarni erkalatib aytiladigan so‘z. Yo‘ling ochiq bo‘lar, bo‘lsang sen ochiq qo‘l, Omin endi, palaponim, senga oq yo‘l. Y. Eshbek, Sog‘inib yashayman

3. ko‘chma betklf. hazil.Hech narsa bilmaydigan, tajribasiz. O‘rta maktabdan yaqinda uchirma bo‘lgan, lekin hali chinakam turmush nimaligini bilmaydigan bu palaponlarga nima desin? S. Anorboyev, Oqsoy

4. Beso‘naqay, katta; salmoqlanib, lapanglab yuradigan. Palapon tovuq. gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.