1. Qog‘oz yoki sellofan xalta(cha).
Shofyor izza bo‘lgan bir alpozda bagajnik -dan paketlarni olib, Nivaning orqasiga ehtiyotlab qo‘ydi.
S. Ahmad, Jimjitlik
2. Rasmiy xat, hujjat va shu kabilar solingan katta konvert va shunday konvertdagi xat-hujjat.
O‘sar buxgalter Eshmamatning yelkasiga qoqib qo‘ydi. Atrofga o‘g‘rincha nazar tashlab olib, qo‘ynidan paketni chiqardi.
A. Ko‘chimov, Halqa