Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {pahlavon} - larcha ( Songa qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: pah-la-von-lar-cha
Izoh(lar)i:
pahlavon [pah-la-von ]

1. Barvasta va zabardast; jismoniy baquvvat, bahodir. Ahmadjon u yoq-bu yoqqa borsa, yonida pahlavon og‘a-ini, vafodor yor, sadoqatli jo‘ralar hamroh bo‘lib yurganday, hech kimdan hayiqmaydi, ko‘ngli to‘q. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. Botir, qahramon. Bugun yana Nildan o‘tgan karvonlar, Devni yiqqan pahlavonlar so‘zlasin. A. Sher

3. ko‘chmaZabardast, kuchli. Do‘stlarim, hayratda qolmangiz faqat, Pahlavon asrga shu gaplar mosdir. Inson bolasiga mehr ila shafqat — Hammaga xos edi, bizga ham xosdir. A. Oripov, Yillar armoni

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.