Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ozodlik}
So‘z bo‘g‘inlari: o-zod-lik
Izoh(lar)i:
ozodlik ot

1. 1. Erkinlik, hurlik; hech qanday majburiyat bilan bog‘lanmaganlik. Milliy ozodlik. Baxt ozodlik va farovonlikdir. Gazetadan
Chunki ozodlikni hamma ham chapak chalib, xursandchilik bilan kutib olmasligi tabiiy. Gazetadan
Ahmad Husaynning butun dili, fikri, e’tiqodicha, haqiqat ozodlik demakdir. Oybek, Nur qidirib

2. tar. ar. Eski maktabda har payshanba kuni domlaga yoki otinbibiga o‘quvchilar tomonidan keltiriladigan haq; payshanbalik (pul, non, don kabi). — Domlagayam ozodlik opkeldingmi? — dedi bola dam dasturxonga, dam tugunga tikilib. P. Tursun, O‘qituvchi
— Buvingga borib ayt! Agar ozodlik keltirmasang, yangi saboqqa tushmaysan! — dedi domla. N. Safarov, Sulton bo‘zchining nevaralari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.