Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ozg‘in}
So‘z bo‘g‘inlari: oz-g‘in
Izoh(lar)i:
ozg‘in sf

1. 1. Eti qochgan, etdan tushgan; oriq. Ozg‘in mol. Ozg‘in sigir. Nega Zaynab semiz-u, Kumush ozg‘in? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bola ozg‘in yuzchasini tirishtirib cho‘zilib borar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Qotma, kamgo‘sht; chuvak, ingichka. Madaminxo‘ja esa boshini solintirib, mumdek erib o‘tiradi. Faqat ozg‘in gavdasi ashulaga monand chayqaladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
— Do‘stlarim, — dedi u, ozg‘in barmoqlarini qaychi qilib o‘ynar ekan. H. G‘ulom, Mash’al

3. kam qo‘ll. Yo‘ldan ozgan, to‘g‘ri yo‘ldan chiqib ketgan; aynigan; buzuq. Gohi mahallar yuragi siqilib, tog‘ni ham tashlab ketgisi kelar, lekin shunday fikrga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zini ayblab, darhol bu ozg‘in fikrini o‘zidan quvlar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: semiz
Sinonim(lar)i: oriq

1. ozg‘in I Sifat
adashgan (yo‘ldan ozgan)

2. ozg‘in II Sifat
eti qochgan, vazn tashlagan

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.