1. 1. Oyoq kiyimsiz, oyog‘iga hech narsa kiymagan.
Nigina kimsasiz dashtda ortidagi daryo tomon oyoqyalang yurib ketdi.
Mirmuhsin, Temur Malik
Bir to‘da bolalar chug‘urlashib, bog‘dan chiqib kelishdi. Oyoq-yalang, do‘mboq, oftobda toblangan.
S. Nurov, Narvon
2. ko‘chma hma Kambag‘al, qashshoq.
Toshtemir ham keyingi toifa oyoqyalanglardan bo‘lib,
▬
Mirzacho‘lga boruvchilar to‘piga qo‘shildi.
H. G‘ulom, Feruza
— Him, ana shunaqa oyoqyalangdan qo‘rq-da, — boshini liqillatdi Xo‘jayor.
A. Narziqulov, Hayot yolqini