Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oyoq} - lan - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o-yoq-lan-moq
Izoh(lar)i:
oyoq rv

1. 1. 1 Odam, hayvon, qush va umuman jonli organizmlar gavdasining tayanib turishi va yurishi yoki o‘rmalashi uchun xizmat qiladigan a’zo. O‘ng oyoq. Chap oyoq. Ipak qurtining oyoqlari. Otning orqa va oldingi oyoqlari. Do‘st — boshga, dushman oyoqqa boqadi. Maqol
O‘ng oyog‘imni ko‘tarsam, chap oyog‘im yerga kirib ketayotgandek bo‘laveradi. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
U [farishta] atlas ko‘ylak, lozim kiygan, bosh yalang, oyoq yalang, yoshgina bir yigit edi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
Sharofat o‘ziga keldi-yu, oyoq uchida borib, darchaning yoniga cho‘nqaydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Stol, stul, so‘ri, karavot kabi buyumlarning yerga tayanib turadigan qismi, poyasi. Dadam suvog‘i ko‘chgan devorlarga, eski shkaf, oyog‘i maymoq stullarga bir qarab qo‘ydi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

3. 3. Oxir, odoq. Ko‘chaning boshidan oyog‘igacha tosh terilgan. Podachi podaning oyoq tomonidan chang yutib, elan-qaran yurib kelayotgan sigirni tayog‘i bilan ko‘rsatib: Anavi seniki, dedi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
Otabek kishi orqasidan ketdi, oldinma-ketin, so‘zlashmasdangina ko‘chaning oyog‘iga qarab borar edilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. 4. Fasl, davr va shu kabilarning oxiri, tugayotgan vaqti. Kuz kunlarining oyog‘i va qish kunlarining boshi edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. 5. Chet, chekka; quyi tomon; etak. Ekinzorning oyog‘i. Yerning oyog‘i.

6. 6. Uyning, xonaning eshikka yaqin o‘rni; poygak; zid. to‘r II. Asalxon bir to‘da qizlar bilan oyoqroqda g‘uj bo‘lib turganini ko‘rgan Soraxon o‘rtaga tushib, yigitlarni chaqib oldi. H. G‘ulom, Senga intilaman

7. 1. 1 Kosa, idish.

8. ayn. yn. Qadah. Achchig‘lanma, bek yigit shiringina taom qilib beraman, bir-ikki oyoq bo‘za ham keltiraman. Oybek, Navoiy
Novcha yigit suzgan bo‘zadan ozgina tatib ko‘rib, birinchi oyoqni Sultonga uzatdi. G‘. G‘ulom, Shum bola

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: otlanmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.