1. 1. Mehnatga tobi yo‘q, qo‘lini sovuq suvga urmaydigan ayol; oqsuyak ayol.
Oyimtilla bu kelin, Ahvoliga bir qarang, Tirnoq qizil, lab qizil, O‘smadan qoshlar tarang.
G‘, Komilov
[Hayotxon:] Unga men emas, oyimtilla bo‘lib, uyda o‘tiradigan xotin kerak-da.
R. Rahmonov, Baxt bilan uchrashuv
2. 2. Yengiltak, tannoz ayol.
— Bu oyimtilla toza yengiltak ekan-ku, — dedi o‘ziga-o‘zi Qumri.
Mirmuhsin, Ajrim
3. kest. st. Soyaparvar, ish yoqmas, xotinchalish erkak.
O‘sha oyimtillalarning ishini qilolmaydi deb o‘ylaysizmi, narximizni ko‘pam yerga uravermang.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar