Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oyimcha}
So‘z bo‘g‘inlari: o-yim-cha
Izoh(lar)i:
oyimcha ot

1. tar. ar. Oqsuyaklar, shohlar, xonlar oilasiga mansub yosh xotin. Oyimchalar sunbul sochini tarashdi, atrofdan qirq kanizi kelib qarashdi. Nigor va Zamon

2. erkl. kl. Nozanin, tannoz. Bog‘da ochilgan gul g‘unchalar. Holin bilmas bir nechalar. Oling gulgun oyimchalar, Bolam alla-yor, alla-yor! Shirin bilan Shakar
— Do‘stim, kechga mehmonlarni jo‘natib, ikkalamiz, oyimchalardan g‘alatisini topib, gasht qilamiz. — Qo‘lingni ber, shovvoz! Oybek, Tanlangan asarlar

3. kest. ayn. yn. Oyimtilla 1. Kecha kelib, bugun xo‘jayinlik qilishni senga kim qo‘yibdi, oyimcha. A. Ko‘chimov, Halqa
Ha, oyimcha, erga tekkan bo‘lsam, xo‘p qipman, ajab qipman. Erga tegib, yomon bo‘lganim yo‘q. I. Rahim, Chin muhabbat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.