Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oyi}
So‘z bo‘g‘inlari: o-yi
Izoh(lar)i:
oyi ot

1. Ona. — Bir ozdan keyin chiqib, oyim bilan so‘rashing, — dedi Kumush. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
— Oyijon, siz hech tashvish tortmang, charchadim, xolos, — javob berdi Nuri. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Fonetik yozuv (tamoyil, prinsip) – o‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishini yozuvda aynan aks ettirish, ya’ni qanday aytilsa, shunday yozish – fonetik yozuv. Mas., ong o‘zagidan la affiksi bilan yasalgan so‘z ongla emas, angla shaklida beriladi, ya’ni o‘zakdagi o o‘rniga a talaffuz qilinar ekan, u xuddi shunday yoziladi. Ishla negizidan yasalgan ishlovchiso‘zida a o‘rniga o yoziladi.

Fonetik yozuv orfografiyani jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. Yozuv va talaffuzda ma’lum darajada umumiylik saqlanadi.

Nutqda tushdi so‘zi tushti, tushgan so‘zi tushkan tarzida talaffuz qilinadi. Lekin bunday yozilmaydi. Ba’zan so‘z oxirida bir undosh tushirilib aytiladi: Samarqan, xursan, pas kabi. Ammo bu holat yozuvda aks etmaydi. Bunday so‘z boshqa tamoyilga bo‘ysunadi. (q. Morfologik yozuv).

Fonetik yozuv asosida yoziladigan o‘zak va qo‘shimchalar quyidagilar: 1. Bir bo‘g‘indan iborat o tovushli yopiq bo‘g‘inli ba’zi o‘zakka -a qo‘shilib yasalganda, o tovushi a tovushiga aylanadi: ong – angla, ot – ata, son – sana, yosh – yasha kabi. 2. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga a yoki obilan boshlangan qo‘shimcha qo‘shilganda keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: ulug‘ – ulg‘aymoq, sariq – sarg‘aymoq, og‘iz – og‘zaki, ikki – ikkov, olti – oltov kabi. 3. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga egalik shakli qo‘shilsa, keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: og‘iz – og‘zi, burun – burni, o‘g‘il – o‘g‘li. 4. K yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli o‘zak-negizga egalik shakli qo‘shilsa, ktovushi g, q tovushi g‘ tarzida aytiladi va yoziladi: istak – istagim, qishloq – qishlog‘im kabi. 5. Kishilik olmoshining birinchi va ikkinchi shaxs birligiga -ning, -ni, -niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, yonma-yon kelgan ikki n tovushidan biri aytilmaydi va yozilmaydi: menning emas, mening, senning emas, sening kabi. 6. Ko‘rsatish olmoshidan u, bu, shu o‘zagiga -ga, -da, -day affiksi qo‘shilsa, bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: unga, undan, bunga, shunday kabi. 7. Undosh s, t, ch tovushi bo‘lgan isi, qot, achi kabi fe’l o‘zagiga -q qo‘shilib sifat yasalganda, o‘zakdagi undosh takrorlanadi: issiq, qattiq, achchiq kabi.

Fonetik yozuv asosida yoziladigan qo‘shimchaning ayrimi ikkitadan yettitagacha fonetik shaklga ega. Bu o‘zak-negiz va qo‘shimcha tarkibida k, g, q, g‘ undoshining mavjudligiga bog‘liq: 1. Ikki shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -il, -l: yozildi, qurildi, o‘qildi, tarqaldi; -in, -n: kiyin, taran; -iy, viy: ijodiy, oilaviy. 2. Uch shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -ga, -ka, -qa: quyoshga, o‘simlikka, xalqqa; -gan, -kan, -qan: uchgan, tikkan, boqqan; -gach, -kach, -qach: singach, to‘kkach, oqqach. 3. To‘rt shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gich, -kich, -g‘ich, -qich: suzgich, chekkich, qirg‘ich, bosqich; -chak, -choq, -chiq, -chik: kelinchak, maqtanchoq, sirg‘amchiq, o‘rgamchik; 4. Olti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gi, -ki, -gu, -g‘u, -g‘i, -qi: sevgi, turtki, ezgu, cholg‘u, yoqilg‘i, tashqi; 5. Yetti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gin, -kin, -gun, -kun, -g‘in, -qin, -g‘un, -qun: tizgin, keskin, surgun, tushkun, ozg‘in, uyg‘un, uchqun. Demak, fonetik yozuv imloni talaffuzga moslaydi.

Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub «Hibatu-l-haqoyiq» – (“Haqiqatlar armug‘oni”) kitobi uch nusxada yetib kelgan, bir-biridan kam farq qiladi. Ulardan eng qadimiysi Samarqandda Zaynul Obidin degan xattot tomonidan uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan, 1444- yilda Turkiyaga borib qolgan. 1480- yilda Markaziy Osiyodan Abdurazzoq baxshi Turkiyaga borib, ushbu kitobdan arab va uyg‘ur yozuvida ikki nusxa ko‘chirgan. Uchala nusxa ham Istanbulda saqlanadi. So‘ngroq yana ikki nusxa topilib, hozirda kitob qo‘lyozmasining 5 nusxasi mavjud.

Zaynul Obidin nusxasida kitobning nomi “Atebatu-l-haqoiq” (“Haqiqatlar eshigi”) deb berilgan va Turkiyada shunday nom bilan mashhur. Undan ko‘chirilgan nusxaning biri “Aybat u-l-haqoiq”, ikkinchisi “H ibat u-l-haqoiq” deb nomlangan. Bizda shu nom bilan mashhur. Uni o‘rganishda olimlarimizdan Qayum Karimov, Qozoqboy Mahmudovning hizmati katta.

Mutaxassislar asarning yaratilish tarixini XII asrning oxiri deb belgilaydi. Kitob muallif zamondoshi Dod Spohsolorbekka bag‘ishlangan (spohsolor “bosh qo‘mondon” ma’nosini beradi).

“Hibatu-l-haqoyiq” bor yo‘g‘i 256 baytni tashkil qiladi. U boshidan oxirigacha ta’rif tavsifdan iborat. Salmoqli o‘rinni odob-axloq masalasi egallaydi, maxsus bir bobi esa dunyo va umr haqidagi falsafiy kuzatishlarga bag‘ishlangan. U dunyoni karvonsaroy (robot), insonni yo‘lovchi deb biladi.

“Hibatu-l-haqoyiq” asosan aruzning mutoqorib bahrida to‘rtliklar ko‘rinishida yozilgan. O‘rni bilan masnaviyga ham murojaat qilingan.

O‘zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.

Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O‘zbek tili lug‘at tarkibining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo‘llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so‘zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o‘xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O‘zbek tili lug‘at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo‘q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o‘zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.

1. a’zoyi badandan ter chiqib ketmoq: ruhiyatida juda keskin o‘zgarish sodir bo‘ldi ruhiyatini juda keskin o‘zgartirdi.

2. adoyi tamom bo‘lmoq: juda qiynalmoq, azoblanmoq, tugamoq.

3. avzoyi buzildi: vajohati yomonlashdi, achchiqlandi

4. aytgan joyidan kesmoq: Aytganini, albatta, amalga oshirtiradi, aytganini bajartiradi.

5. azmoyish olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.

6. azmoyishini olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.

7. chiroyi ochildi: xafachiligi tarqadi

8. joyiga keltirdi: o‘rinlatdi

9. joyiga qo‘ydi: bajardi, o‘rinlatdi

10. ko‘ngli joyiga tushdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi

11. ko‘nglini joyiga tushirdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi

12. parvoyi falak: beparvo, beg‘am

13. parvoyiga keltirmaslik: e’tibor qilmaslik, o‘ylab ham o‘tirmaslik

14. xudoyimdan o‘rgulay: Xudoga shukur

15. yovvoyi qarash qilmoq: Jahl bilan qaramoq

1. Ajib – ajab – ajoyib – qiziq – g‘alati
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish uslubining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

2. Astoyidil – yurakdan – chindan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Aytishmoq – koyishmoq – janjallashmoq – yoqalashmoq – do‘pposlashmoq – yoqa vayron bo‘lishmoq – qoniga belanishmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining kuchiga ko‘ra)

4. Chit – shoyi – atlas – adros
Ma’nosiga ko‘ra
(xomashyosining qiymatiga ko‘ra)

5. Haydamoq – quvmoq – sazoyi qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

6. Koyimoq – po‘pisa qilmoq – do‘q urmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

7. Qiziq – ajoyib – alomat – antiqa – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

8. Tuzuk – durust – yaxshi – ajoyib – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

9. Xalq – xaloyiq – el – ulus – mardum
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

10. Yaxshi – durust – tuzuk – binoyi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.