Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oybolta}
So‘z bo‘g‘inlari: oy-bol-ta
Izoh(lar)i:
oybolta ot

1. tar. ar. Boltaning tig‘i yarim oy shaklida, ikki uchi gajak bo‘lib qayrilib kelgan, dastasi uzun bir turi; tabar (Xonlik davrlarida harbiy qurol sifatida ishlatilgan). Yelkalariga oybolta qo‘ygan soqchilar shahar darvozasi yonida saf tortgan edi. M. Osim, Elchilar

2. 2. Boltaning qassoblar go‘sht chopadigan va ro‘zg‘orda ishlatiladigan kichik bir turi. Mamasidiq qo‘lidagi ketmonni yoniga surib qo‘yib, oybolta bilan yulg‘un ildizini bir urishda uzib tashladi. S. Mahkamov, Guliston

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.