Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oy}
So‘z bo‘g‘inlari: oy
Izoh(lar)i:
oy ot

1. astr str (O — katta). Quyoshdan nur olib, yog‘du sochuvchi samoviy jism, Yerning tabiiy yo‘ldoshi. O‘n to‘rt kunlik oy. To‘lin oy. Oy nuri. Oy chiqdi. Oy botdi. Oyning yuzidagi dog‘lar. Oyning Yer atrofida aylanishi. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Maqol
Kechki gullar ochilib turibdi. Ko‘kda tanho oy kezmoqda. I. Rahim, Chin muhabbat

2. 2. Astronomik yilning o‘n ikkidan biriga — Oyning Quyosh atrofidan bir marta aylanib chiqish muddatiga yaqin vaqt oralig‘i; o‘lchov birligi: 28, 29 30 yoki 31 kunlik davr. Oy boshi. May oyi. Bir yil — o‘n ikki oy. Bu orada uch oy o‘tdi. Yoz oylari ham o‘tib ketdi. Oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘. Maqol
O‘g‘lim bechora oy o‘tmasdan bo‘zchining mokisidek qatnab tursa. A. Qodiriy,O‘tgan kunlar

3. 3. Uch-to‘rt kunlik oy shaklidagi bezak yoki belgi. Mezana ustidagi oy.

4. 4. Ayollar ismi tarkibiga kiradi yoki ayollar nomiga qo‘shilib, erkalash, hurmatni bildiradi. Oyposhsha, Oyqiz, Oyto‘ti, Oynisa; Tursunoy. Shirmonoy, Qunduzoy.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. oy I Ot
Erning tabiiy yo‘ldoshi, tunda quyosh nurini yerga aks ettirib turuvchi planeta

2. oy II Ot
(vaqt o‘lchovi). O‘rta hisobda 30 kunlik muddat, yilning o‘n ikkidan bir qismi

Paronimi: mavjud emas.

“At-tuhfat uz-zakiyatu fil-lug‘atit turkiya”XV asrning birinchi yarmida noma’lum muallif tomonidan Misrda yozilgan deb taxmin qilinadi. Asarning yagona qo‘lyozma nusxasi Istambulda Valiuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda.

«At-tuhfa» nomi bilan mashhur bu asarda qipchoq tili materiallari izohlanadi. Asar uch qism: kirish, lug‘at, grammatikadan iborat, qipchoq tili morfologiyasi va sintaksisi talqiniga keng o‘rin berilgan. Muallif arab tilshunosligini mukammal o‘rgangan olim, turkiy tildagi barcha grammatik kategoriya va shakllarni arab tilshunosligi atamalari vositasida izohlagan.

Bu nodir yodgorlik asrimizning 20-yillarida turk olimi Fuod Kupruluzoda tomonidan fanga ma’lum qilingan. Polyak, venger, turk olimlari mazkur asar asosida tadqiq ishlari olib borishgan. O‘zbek tiliga 1966- yilda S.Mutallibov tomonidan tarjima qilingan. Asarning mukammal ruscha nashri 1978- yilda E.Fozilov va M.Ziyayevalar tomonidan amalga oshirilgan. “At-tuhfa”da bayon qilingan ko‘pgina fikrlar hozirgi turkiyshunoslik uchun ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Turkiy tillarning tarixiy grammatikasini yaratishda “At-tuhfa”qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

 

Chig‘atoytiliatamasi mo‘g‘ul istilosidan keyin paydo bo‘lgan. Chingizxonning o‘rtancha farzandi bo‘lgan Chig‘atoy O‘rta Osiyo va Afg‘onistonda hukmronlik qilgan. Natijada chig‘atoy yurti, chig‘atoy ulusi, chig‘atoy adabiyoti, chig‘atoy tili degan atama iste’molga kirgan

Fonetik yozuv (tamoyil, prinsip) – o‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishini yozuvda aynan aks ettirish, ya’ni qanday aytilsa, shunday yozish – fonetik yozuv. Mas., ong o‘zagidan la affiksi bilan yasalgan so‘z ongla emas, angla shaklida beriladi, ya’ni o‘zakdagi o o‘rniga a talaffuz qilinar ekan, u xuddi shunday yoziladi. Ishla negizidan yasalgan ishlovchiso‘zida a o‘rniga o yoziladi.

Fonetik yozuv orfografiyani jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. Yozuv va talaffuzda ma’lum darajada umumiylik saqlanadi.

Nutqda tushdi so‘zi tushti, tushgan so‘zi tushkan tarzida talaffuz qilinadi. Lekin bunday yozilmaydi. Ba’zan so‘z oxirida bir undosh tushirilib aytiladi: Samarqan, xursan, pas kabi. Ammo bu holat yozuvda aks etmaydi. Bunday so‘z boshqa tamoyilga bo‘ysunadi. (q. Morfologik yozuv).

Fonetik yozuv asosida yoziladigan o‘zak va qo‘shimchalar quyidagilar: 1. Bir bo‘g‘indan iborat o tovushli yopiq bo‘g‘inli ba’zi o‘zakka -a qo‘shilib yasalganda, o tovushi a tovushiga aylanadi: ong – angla, ot – ata, son – sana, yosh – yasha kabi. 2. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga a yoki obilan boshlangan qo‘shimcha qo‘shilganda keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: ulug‘ – ulg‘aymoq, sariq – sarg‘aymoq, og‘iz – og‘zaki, ikki – ikkov, olti – oltov kabi. 3. Keyingi yopiq bo‘g‘inda i yoki u unlisi bo‘lgan ikki bo‘g‘inli ba’zi negizga egalik shakli qo‘shilsa, keyingi bo‘g‘indagi i, u unlisi aytilmaydi va yozilmaydi: og‘iz – og‘zi, burun – burni, o‘g‘il – o‘g‘li. 4. K yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli o‘zak-negizga egalik shakli qo‘shilsa, ktovushi g, q tovushi g‘ tarzida aytiladi va yoziladi: istak – istagim, qishloq – qishlog‘im kabi. 5. Kishilik olmoshining birinchi va ikkinchi shaxs birligiga -ning, -ni, -niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, yonma-yon kelgan ikki n tovushidan biri aytilmaydi va yozilmaydi: menning emas, mening, senning emas, sening kabi. 6. Ko‘rsatish olmoshidan u, bu, shu o‘zagiga -ga, -da, -day affiksi qo‘shilsa, bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: unga, undan, bunga, shunday kabi. 7. Undosh s, t, ch tovushi bo‘lgan isi, qot, achi kabi fe’l o‘zagiga -q qo‘shilib sifat yasalganda, o‘zakdagi undosh takrorlanadi: issiq, qattiq, achchiq kabi.

Fonetik yozuv asosida yoziladigan qo‘shimchaning ayrimi ikkitadan yettitagacha fonetik shaklga ega. Bu o‘zak-negiz va qo‘shimcha tarkibida k, g, q, g‘ undoshining mavjudligiga bog‘liq: 1. Ikki shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -il, -l: yozildi, qurildi, o‘qildi, tarqaldi; -in, -n: kiyin, taran; -iy, viy: ijodiy, oilaviy. 2. Uch shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -ga, -ka, -qa: quyoshga, o‘simlikka, xalqqa; -gan, -kan, -qan: uchgan, tikkan, boqqan; -gach, -kach, -qach: singach, to‘kkach, oqqach. 3. To‘rt shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gich, -kich, -g‘ich, -qich: suzgich, chekkich, qirg‘ich, bosqich; -chak, -choq, -chiq, -chik: kelinchak, maqtanchoq, sirg‘amchiq, o‘rgamchik; 4. Olti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gi, -ki, -gu, -g‘u, -g‘i, -qi: sevgi, turtki, ezgu, cholg‘u, yoqilg‘i, tashqi; 5. Yetti shaklda yoziladigan qo‘shimcha: -gin, -kin, -gun, -kun, -g‘in, -qin, -g‘un, -qun: tizgin, keskin, surgun, tushkun, ozg‘in, uyg‘un, uchqun. Demak, fonetik yozuv imloni talaffuzga moslaydi.

Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub «Hibatu-l-haqoyiq» – (“Haqiqatlar armug‘oni”) kitobi uch nusxada yetib kelgan, bir-biridan kam farq qiladi. Ulardan eng qadimiysi Samarqandda Zaynul Obidin degan xattot tomonidan uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan, 1444- yilda Turkiyaga borib qolgan. 1480- yilda Markaziy Osiyodan Abdurazzoq baxshi Turkiyaga borib, ushbu kitobdan arab va uyg‘ur yozuvida ikki nusxa ko‘chirgan. Uchala nusxa ham Istanbulda saqlanadi. So‘ngroq yana ikki nusxa topilib, hozirda kitob qo‘lyozmasining 5 nusxasi mavjud.

Zaynul Obidin nusxasida kitobning nomi “Atebatu-l-haqoiq” (“Haqiqatlar eshigi”) deb berilgan va Turkiyada shunday nom bilan mashhur. Undan ko‘chirilgan nusxaning biri “Aybat u-l-haqoiq”, ikkinchisi “H ibat u-l-haqoiq” deb nomlangan. Bizda shu nom bilan mashhur. Uni o‘rganishda olimlarimizdan Qayum Karimov, Qozoqboy Mahmudovning hizmati katta.

Mutaxassislar asarning yaratilish tarixini XII asrning oxiri deb belgilaydi. Kitob muallif zamondoshi Dod Spohsolorbekka bag‘ishlangan (spohsolor “bosh qo‘mondon” ma’nosini beradi).

“Hibatu-l-haqoyiq” bor yo‘g‘i 256 baytni tashkil qiladi. U boshidan oxirigacha ta’rif tavsifdan iborat. Salmoqli o‘rinni odob-axloq masalasi egallaydi, maxsus bir bobi esa dunyo va umr haqidagi falsafiy kuzatishlarga bag‘ishlangan. U dunyoni karvonsaroy (robot), insonni yo‘lovchi deb biladi.

“Hibatu-l-haqoyiq” asosan aruzning mutoqorib bahrida to‘rtliklar ko‘rinishida yozilgan. O‘rni bilan masnaviyga ham murojaat qilingan.

Kinoya so‘zni teskari ma’nodaishlatish. Kinoyadagi so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi:

Bizni «homiy»lardan himoya qilg‘il,

Degan sharq xalqida piching – duo bor.

Xo‘sh, janobi oliy, qaysi sho‘rlik xalq

Sizning «himoyangizga» qolmish intizor (G‘.G‘ul.).

Bu o‘rinda homiy so‘zi zolim, himoya so‘zi zulm so‘zi ma’nosida ishlatilgan.

O‘zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.

Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O‘zbek tili lug‘at tarkibining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo‘llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so‘zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o‘xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O‘zbek tili lug‘at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo‘q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o‘zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.

Oltoy tili– turkiy tillardan biri. 1948- yilgacha oyrot tili deb atalgan. Rossiya Federatsiyasi Oltoy o‘lkasining Tog‘li Oltoy viloyatida tarqalgan, 60 mingga yaqin kishi so‘zlashadi. Lahjalari 2 guruhga bo‘linadi: a) janubiy (qirg‘iz-qipchoq guruhi); b) shimoliy (uyg‘ur guruhi). Oltoy tilifonetik xususiyatiga ko‘ra qirg‘iz tiliga ancha yaqin: unlilar sistemasi o‘xshash, lab garmoniyasi mavjud. Undoshlar tizimida farqlar ham bor: qirg‘iz tilidagi so‘z boshida keluvchi qorishiq dj ga Oltoy tilida d’ mos keladi. Qirg‘iz tilidan farqli ravishda unlilar orasida jarangsiz undoshlar jarangli undoshlarga aylanadi. Fe’llar tuslanganda, shaxs ko‘rsatkichining reduksiyaga uchrashi – oltoy tilimorfologiyasining asosiy xususiyati.

Bu oilaga turk, mo‘g‘ul, manchjur, yapon, koreys va boshqa til tarmog‘i kiradi. “Oltoy” atamasi ushbu tillarning ehtimoldagi qadimgi vataniga ishora. Turkiy tarmoq o‘z navbatida quyidagi guruhga bo‘linadi: o‘g‘uz guruhi (turkman, gagauz, ozarbayjon, turk, qrim-tatar va bolqon turklari tili), qipchoq guruhi (qo‘miq, qorayim, bolqar, tatar, boshqird, no‘g‘ay, qoraqalpoq, qozoq tili), qorluq-uyg‘ur guruhi (o‘zbek va yangi uyg‘ur tili), uyg‘ur-o‘g‘uz guruhi (tuva, tofa, yoqut, xakas, shor, sariq uyg‘ur va boshqalar), qirg‘iz-qipchoq guruhi (qirg‘iz va oltoy tili).

G.Ramsted, N.N.Poppe, E.D.Polivanov, V.L.Kotvich, R.Ryasyanen kabi turkiyshunoslarning asarlarida turli davrlarda turlicha nuqtai nazardan isbotlashga harakat qilingan oltoy nazariyasining kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan: sanab o‘tilgan til tarmoqlaridagi anchagina umumiy leksika; so‘zning tovush tarkibidagi, fonetik (singarmonizm) va morfologik qurilishidagi (agglyutinatsiya) o‘xshashliklar; sintaktik strukturaning mosligi va so‘z yasalishi tizimining o‘xshashligi. Shuningdek, deyarli barcha tillarida maxsus so‘roq yuklamalari mavjud, old qo‘shimcha yo‘q. Egalik kategoriyasi taraqqiy etgan, ravishdosh va sifatdosh kuchli rivojlangan. Biroq sonlar, tana a’zolari nomlari, yil fasllari va sutka bo‘laklari, osmon jismlari, ob-havo hodisalari nomlari kabi asosiy lug‘aviy guruhlar orasidagi o‘xshashliklar nisbatining ancha pastligi ularga oltoy bobo tili asos bo‘lganligini shubha ostiga qo‘yadi.

Demak, oltoy tillarining qarindoshlik darajasini o‘rganish dolzarb masala.

 

 Xitoy tili – xitoy-tibet tillar oilasiga mansub tillardan; Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy tili. Unda so‘zlashuvchilarning umumiy soni 1 milliard 292 milliondan oshadi (2003-y.). Shuningdek, bu tilda Indoneziya, Kambodja, Laos, Vetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, Koreyada 30 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Xitoy tilida, asosan, 7 lahja mavjud: shim, u, syan, gan, xakka, yue, min. Lahjalar leksik tarkibi va fonetik xususiyati jihatidan ancha farqlanadi, hatto turli lahja vakillari bir-birlarini tushunmaydi, ammo lahjalarnung grammatik qurilishi yagona.

Xitoy tiliga oid qadimiy yozma yodgorliklar miloddan avvalgi 2- ming yillikning 2- yarmiga oid Qadimgi adabiy yodnomalar – «Shutszin» (Tarix kitobi) va «Shitszin» (Qo‘shiqlar kitobi) miloddan avvalgi 1- ming yillikning 1- yarmiga oid. O‘sha davrdagi jonli lahjalar asosida qadimgi adabiy xitoy tilishakllangan.

Xitoy tilidagi morfema va sodda so‘zlar odatda bir bo‘g‘inli. Bo‘g‘in tarkibiga kiruvchi undosh va unli tovushlar ma’lum tartibda joylashadi. Xitoy tilida bo‘g‘in tarkibiga kiruvchi tovushlarning hammasi ham bir-biri bilan birika olmaydi, shuning uchun xitoy tili bo‘g‘inlarining miqdori chegaralangan. Putunxuada 44 bo‘g‘in, ton variantlarini hisobga olganda 1324 bo‘g‘in mavjud.

Xitoy tilida bir bo‘g‘inli so‘zlarga qaraganda ikki bo‘g‘inli so‘zlar ko‘proq. Terminologiyaning rivojlanishi natijasida ikkidan ortiq bo‘g‘inli so‘zlar ham ko‘paymoqda. So‘z yasalishi so‘z qo‘shish, affiksatsiya, konversiya orqali amalga oshiriladi. Bu tilda deyarli o‘zlashma so‘zlar yo‘q. O‘ziga xos morfologik va sintaktik belgilarga ega.

Bu oilaga tay-xitoy guruhi (xitoy, dungan, tay, laos, chjuan, vetnam tili), tibet-birma guruhi (tibet, birma tili) kiradi.

1. a’zoyi badandan ter chiqib ketmoq: ruhiyatida juda keskin o‘zgarish sodir bo‘ldi ruhiyatini juda keskin o‘zgartirdi.

2. adoyi tamom bo‘lmoq: juda qiynalmoq, azoblanmoq, tugamoq.

3. avzoyi buzildi: vajohati yomonlashdi, achchiqlandi

4. aytgan joyidan kesmoq: Aytganini, albatta, amalga oshirtiradi, aytganini bajartiradi.

5. azmoyish olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.

6. azmoyishini olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.

7. bir oyog‘i yerda, bir oyog‘i go‘rda: umri tugay deb qolgan

8. boshdan oyoq: to‘la-to‘kis, bus-butun

9. boshlarini bir joyga qovushtirdi: 1) hamjihat bo‘lib birlashtirdi 2) oila qurdirdi

10. boy berdi: 1)yutqizdi 2)behuda, befoyda o‘tkazdi

11. chiroyi ochildi: xafachiligi tarqadi

12. dastmoyasidan ayrilmoq: 1.sinmoq, bankrotlikka uchramoq. 2.bisotdagi, peshonadagi bor-yo‘q narsa.

13. gapi bir joydan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi

14. gapni bir joyga qo‘ydi: o‘zaro bir fikrga keldi

15. Ikki oyog‘ini bir etikka suqdi: o‘z ishining amalga oshishini qaysarlik bilan talab qildi

16. Ikki oyog‘ini bir etikka tiqdi: juda qiyin ahvolga tushdi

17. Ikki oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi

18. ishi bitdi, eshagi loydan o‘tdi: 1)maqsadi amalga oshgach, aloqa va muomalani yig‘ishtirdi 2)hozirgisi hal bo‘ldi, keyingisi bir gap bo‘lar

19. jaddiga toymoq: kimsaning qilmishi uchun aybdor bo‘lib qolmoq, javob bermoq.

20. joyiga keltirdi: o‘rinlatdi

21. joyiga qo‘ydi: bajardi, o‘rinlatdi

22. ko‘ngli joyiga tushdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi

23. ko‘nglini joyiga tushirdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi

24. ko‘rpasiga qarab oyoq uzatdi: imkoniyatini hisobga olib ish tutdi

25. moy tomsa: yalaguday - benihoya darajada toza

26. o‘tirgani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

27. o‘tqazgani joy topa olmaydi: o‘ta darajada ardoqlandi, parvona bo‘ldi

28. o‘zini oynaga solmoq: kim O‘z holatini ko‘zguda ko‘rmoq.

29. o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

30. og‘ir oyoq: homilador

31. og‘zini poyladi: biror fikrni o‘zicha aytishini kutdi

32. og‘zini poyladi: 1) tingladi, nima deyishini diqqat bilan kutdi 2) o‘z bilganicha ish qilmay, kimningdir ko‘rsatmasini kutdi

33. osmonga uchsa, oyog‘idan, yerga kirsa, qulog‘idan tortadi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

34. oyog‘i tortmadi: borgisi kelmadi

35. oyog‘i tovsilmoq: odamlar keldi-ketdisi, yo‘ldagi harakati siyraklashmoq, kamaymoq.

36. oyog‘idan tortmoq: biror noxush ish, holatga jalb etmoq, duchor qilmoq.

37. oyog‘iga bolta urdi: mavqeidan mahrum etadigan zarba yetkazdi

38. oyog‘iga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

39. oyog‘iga bosh urdi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

40. oyog‘iga yiqildi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

41. oyog‘ini bir etikka suqdi: o‘z ishining amalga oshishini qaysarlik bilan talab qildi

42. oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi

43. oyog‘ini yerga tiradi: qaysarlik qildi

44. oyoq osti bo‘ldi: poymol bo‘ldi, tahqirlandi

45. oyoq osti qildi: poymol bo‘ldi, tahqirlandi

46. oyoq osti qildirdi: poymol qildirdi, tahqirlatdi

47. oyoq osti qilindi: tahqirlandi

48. oyoq tiradi: o‘jarlik qildi

49. oyoq uzmoq: oyoq

50. oyoqni tiradi: qaysarlik qildi

51. oyoqning bog‘i bo‘lmoq: boshiga tashvish, dardisar bo‘lmoq; xalaqit bermoq.

52. oyoqqa qalqimoq: o‘tirgan joyidan tiklanmoq, tik turmoq.

53. oyoqqa tushov bo‘lmoq: erkin harakatlanishga to‘siq bo‘lmoq, imkon bermaslik

54. parvoyi falak: beparvo, beg‘am

55. parvoyiga keltirmaslik: e’tibor qilmaslik, o‘ylab ham o‘tirmaslik

56. so‘zlari bir joydan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi

57. soyasiga ko‘rpacha soldi: izzat-hurmat qilishni me’yoridan o‘tkazib yubordi

58. toy-toy turmoq: ayn. g‘oz-g‘oz turmoq q. g‘oz-g‘oz

59. tuya cho‘ksa, joy topar: O‘tiruvchilar tig‘iz, zich bo‘lgan holatlarda yana boshqa kimsa o‘tirishni xohlasa, joy topilishini, sig‘ishini qayd etuvchi ibora

60. xo‘roz hamma joyda bir xil qichqiradi: Hamma joyda ahvol birday, degan ma’noli ibora

61. xudoyimdan o‘rgulay: Xudoga shukur

62. yerga kirsa, qulog‘dan tortib chiqaradi, osmonga chiqsa, oyog‘idan tortib tushiradi: qutulib ketishiga qo‘ymaydi

63. yil-o‘n ikki oy: butun yil davomida, yozin-qishin

64. yovvoyi qarash qilmoq: Jahl bilan qaramoq

65. yuziga oyoq qo‘ymoq: behurmat qilish darajasida hisoblashmaydi

66. zoye ketmoq: befoyda sarflandi

67. zuvalasini bir joydan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.

1. Abas – foydasiz – behuda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ko‘p yoki kam ishlatilishiga ko‘ra)

2. Ajib – ajab – ajoyib – qiziq – g‘alati
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish uslubining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

3. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

4. Astoyidil – yurakdan – chindan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

5. Ayb – gunoh – jinoyat
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy zararining kuchliligiga ko‘ra)

6. Aytishmoq – koyishmoq – janjallashmoq – yoqalashmoq – do‘pposlashmoq – yoqa vayron bo‘lishmoq – qoniga belanishmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining kuchiga ko‘ra)

7. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

8. Boya – hozir – endi
Ma’nosiga ko‘ra
(zamonga nisbatan oldin-keyinligiga ko‘ra)

9. Boyaqish – bechora – sho‘rlik – notavon – ojiz – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(achinish belgisining kuchliligiga ko‘ra )

10. Chegara – chek – had – poyon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

11. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

12. Chit – shoyi – atlas – adros
Ma’nosiga ko‘ra
(xomashyosining qiymatiga ko‘ra)

13. Chol – keksa – qariya – qari – mo‘ysafid – oqsoqol – boboy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

14. Dangasa – yalqov – ishyoqmas – tanbal – soyaparvar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

15. Don – bug‘doy – boshoq – xirmon
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor-ko‘lamining ortib borishiga ko‘ra)

16. Endi – hozir – boya
Ma’nosiga ko‘ra
(payt zamoniga ko‘ra)

17. Faqir – kambag‘al – o‘rta hol – boy – badavlat
Ma’nosiga ko‘ra
(moddiy ta’minotning yaxshi-yomonligiga ko‘ra)

18. Foyda – naf – manfaat – sud – hayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

19. Haydamoq – quvmoq – sazoyi qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

20. Hikoya – qissa – roman
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamiga ko‘ra)

21. Hujra – kulba – uy – hovli – qasr – koshona – saroy
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortishiga ko‘ra)

22. Husn – chiroy – ko‘rk – zeb
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

23. Jo‘yak – ariq – kanal – soy – daryo – dengiz
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining ortib borishiga ko‘ra)

24. Juda – eng – g‘oyat – benihoya – rosa – o‘taketgan
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

25. Kapa – chayla – kulba – hujra – xona – uy- hovli – qasr – saroy – koshona – kushk
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

26. Kesatiq – kinoya – istehzo – piching
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

27. Koyimoq – po‘pisa qilmoq – do‘q urmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

28. Lahza – on – soniya – daqiqa – soat – kun – sutka – hafta – oy – yil -asr – era.
Ma’nosiga ko‘ra
(vaqt miqdorining ortib borishiga ko‘ra)

29. Maosh – oylik – moyana
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

30. Noyob – nodir – taqchil – aziz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

31. Oila – mahalla – ovul – qishloq – shahar – tuman – viloyat – respublika
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy qamrovining tor-kengligiga ko‘ra)

32. Qizg‘anchiq – xasis – saxovatli – saxiy – hotamtoy
Ma’nosiga ko‘ra
(xususiyatning ijobiy-salbiyligiga ko‘ra)

33. Qiziq – ajoyib – alomat – antiqa – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

34. Qulun – toychoq – toy – g‘unan – dunan – tulan beshak
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatiga ko‘ra)

35. Ravshanlanmoq – oydinlashmoq – ayon bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra ko‘ra)

36. Shovqin – shovqin-suron – suron – shov-shuv – g‘ovur – g‘avg‘o – g‘ala-g‘ovir – qiy-chuv – dod-voy – ayyu-hannos
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

37. Tuzuk – durust – yaxshi – ajoyib – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

38. Uyat – ayb – gunoh – jinoyat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yog‘iga ko‘ra)

39. Xalq – xaloyiq – el – ulus – mardum
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

40. Yanvar – fevral – mart – aprel – may- iyun – iyul – avgust – Sentyabr – oktyabr – noyabr – dekabr
Ma’nosiga ko‘ra
(ketma-ket joylashuviga ko‘ra)

41. Yaxshi – durust – tuzuk – binoyi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

42. Yig‘ilish – majlis – qurultoy – konferentsiya
Ma’nosiga ko‘ra
(miqyos kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.