1. Chorva mollariga (qo‘y, echki, sigir, ot) yem-xashak solib beriladigan moslama (idish).
Ot oxuri. Mol oxuri.
▬
Toshtemir quduqdan bir necha marta suv chiqarib, otlarni sug‘ordi, oxurlarga beda soldi.
H. G‘ulom, Feruza
G‘ulomjon otxonaga kirib, to‘kilgan bedalarni oxurga terib soldi, qorong‘ida ham ko‘zlari chaqnab turgan samanni peshonasidan silab, suyib qo‘ydi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha