1. din. Odam o‘lgandan keyin boradigan dunyo, olam; dunyoning tugash kuni, qiyomat.
[Azizboy:] Bu foniy dunyoda och o‘ldi nima-yu, to‘q o‘ldi nima? Oxirati baxayr, imoni basalomat bo‘lsin.
N. Safarov, Sharq tongi
— Bu dunyo besh kunlik, yolg‘on dunyo. Oxiratni esdan chiqarmang, ha! — dedi domla.
P. Tursun, O‘qituvchi
Nahot oxiratga yuz bursa jahon, Nahot karomatlar haq chiqsa, nahot.
A. Oripov, Yillar armoni