Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ovsin}
So‘z bo‘g‘inlari: ov-sin
Izoh(lar)i:
ovsin ot

1. 1. Aka-ukalarning xotinlari (bir-biriga nisbatan). — Kecha kelib, bugun xo‘jayinlik qilishni senga kim qo‘yibdi, oyimcha, — dedi qo‘lini paxsa qilib kelinlarning kattasi. Kichigi ham ovsinidan qolishmay, battar o‘chakishardi A. Ko‘chimov, Halqa

2. 2. Ovsinlar yoki qo‘shni xotinlar orasida bir-biriga nisbatan murojaatda ishlatiladi. — Oh, aylanay, ovsinjon, — dedi bir juvon kulgidan o‘zini tiyib, — ko‘zimiz dovuchchada bo‘lgan zamonlar qandoq zamonlar ekan-a? S. Zunnunova, Olov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.