1. 1. Yurt-el orasida biror narsa, voqea va shu kabilar to‘g‘risida tarqalgan xabar, gap-so‘z, mish-mish.
Biroq tez kunlarda Foziljon uylanmoqchi emish, ammasi qiz qidirib yuribdi, degan ovozalarni eshitishdi.
S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar
2. 2. Shuhrat, dovruq, dong.
Go‘zal Armaniston, meni afv et, Da’vom yo‘q shuhrating ovozasiga.
S. Abdulla
3. mus. us. O‘n ikki maqom tizimidagi pardalar tuzilmasi.