Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ovloq}
So‘z bo‘g‘inlari: ov-loq
Izoh(lar)i:
ovloq sf

1. 1. Ov qilinadigan qush va hayvonlar serob joy. Tirikchiligini shikordan topadigan har bir ovchi shikor uchun ovloqqa yolg‘iz bir o‘q bilan chiqsin. Fan va turmush

2. 2. Markazdan uzoq, chet joy; kimsasiz yer. Ovloqda yashamoq. Toshkentning shunday biqinida yetti uxlab tushga kirmaydigan ajoyib ovloq joylar borligi hammani hayratga solar edi. M. Mansurov, Yombi
Jo‘ralari bilan shu ovloq orolchada o‘tkazgan baxtiyor kunlari yodiga tushdi. A. Ko‘chimov, Halqa

3. 3. Pastqam, xilvat joy, odamdan xoli joy; pastqamlik, xilvat. Sevargul to onasi ovloq ko‘chaning muyulishida ko‘zdan pana bo‘lguncha qarab turdi. N. Qilichev, Chig‘iriq
Kimyoxon ikki-uch kun Azizaxonning yo‘lini poyladi, nihoyat, ovloqroq bir joyda uchrashdi ham. N. Aminov, Qahqaha
Ularni odamlar nigohidan na quyuq bog‘lar, na tun zulmati, na biron ovloq go‘sha yashira oladi. O. Muxtor, Buxorolik bir yigit

4. rvsh. shv. hv. Kishilardan xoli; tanho. Oyjamol ovloq o‘tirgan paytda qiziga gap tashlab ko‘rdi. Yodgor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: xilvat [a]

1. ovloq I Sifat
kishilardan xoli joy

2. ovloq II Ot
ov qilinadigan joy

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.