1. 1. Nafasi, dami otashdek issiq, haroratli.
Cho‘ldan vohaga garmsel deb ataladigan otashnafas shamol esib turadi.
Gazetadan
2. 2. Nutqi o‘tkir, ta’sirli, ehtirosli.
Mashrab goh piyoda, goh eshakda ko‘p o‘lkalarni kezgan otashnafas bir shoir.
Oybek, O. v. shabadalar.
3. esk. din. in. Go‘yo duosi ijobat bo‘ladigan, nafasi dardga davo bo‘ladigan.
Odamlar Sultondevonani otashnafas vali deb maqtashar edi.
M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari