Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {otashin}
So‘z bo‘g‘inlari: o-ta-shin
Izoh(lar)i:
otashin sf

1. kt. kt. Qalb harorati bilan isitilgan; qizg‘in, jo‘shqin; ehtirosli, alangali. Otashin salom. Otashin muhabbat. Otashin nutq. Dunyoda qolmasin fashist degan nom. Mehnat diyoridan otashin salom! Mirtemir, Asarlar
So‘zlar qarsaklarga, qarsaklar otashin xitoblarga ulanib ketdi. A. Muxtor, Opa-singillar

2. 2. Butun qalbi, joni-tani bilan berilgan, qalbi olov. Otashin notiq. Otashin kurashchi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.