Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {otaliq}
So‘z bo‘g‘inlari: o-ta-liq
Izoh(lar)i:
otaliq ot

1. 1. Moddiy, madaniy yoki boshqa xil yordam ko‘rsatish, shu yo‘l bilan tashkilotlar va kishilarni bir-biriga bog‘lashdan iborat ijtimoiy burch, faoliyat. Otaliqqa olmoq. Har birimizni alohida-alohida to‘quvchi master xotinlar otaliqqa olishdi. A. Muxtor, Opa-singillar
Tuman sanoat korxonalari va tashkilotlari joriy va kapital remont qilish uchun uy-joy binolarini otaliqqa olishni tashkil etmoqda. Gazetadan

2. 2. Shunday yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga olgan kishi yoki tashkilot.

3. tar. ar. Kavkaz xalqlari, arablar va boshqalar ba’zi xalqlarda badavlat ota-onalar tomonidan farzandlarini ma’lum yoshgacha tarbiyalash uchun vassallar va xizmatkorlarga berish odati.

4. tar. ayn. yn. Otabek 2.

5. tar. ar. Xonlar saroyida eng yuqori amallardan biri; xonning maslahatchisi. Qushbegilar, otaliqlar o‘zimizdan, o‘rtada ulardan bitta-yarimta dodxohlar bo‘lsa bor. A. Qodiriy, Kichik asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: otalik Otaning farzandiga munosabati.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.