Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ota}
So‘z bo‘g‘inlari: o-ta
Izoh(lar)i:
ota ot

1. 1. Farzandli, bola-chaqali er kishi (o‘z bolalariga nisbatan). Ota bo‘lmay, ota qadrini bilmas. Maqol
otamisiz, nimasiz axir, o‘g‘lingizni tiyib olish sira esingizga keladimi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Tojiddinning otasi ham kampirining o‘limidan keyin ko‘p o‘tmay vafot etgan edi. S. Zunnunova, Olov

2. 2. Yoshi katta kishilarga murojaat qilishda yoki ularni hurmatlash uchun ishlatiladi. Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi. Maqol
Yunusali ota qayoqqa borishni bilmay, hardamxayol bo‘lib turgandan keyin idora tarafga yo‘l oldi. S. Ahmad, Ufq
Qoratoy O‘rozni darrov Shokir otaga yubordi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. O‘g‘il bolani erkalatish uchun ishlatiladi.

4. ko‘chma hma Biror ish yoki harakatni boshlab bergan, unga asos solgan kishi haqida. Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining otasidir. Jukovskiy rus aviatsiyasining otasidir.

5. ko‘chma hma Mehribon boshliq, rahnamo haqida. U [Mixail Markovich] kolxozchilarga ota bo‘ldi, g‘amxo‘rlik qildi, ish o‘rgatdi. Oydin, Mardlik — mangulik

6. 6. El-yurtga boshchilik qiluvchi, yoshi yoki mansabi ulug‘ zot haqida [Yormat:] Tayyorlan, qizim, Senga yurt otasi, ellikboshimiz gapiradilar. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ada , dada

1. ota I Ot
farzandi bor kishi; qari kishi; asoschi; mehribon

2. ota II Ot
suv o‘rtasidagi quruqlik, orol

Paronimi: ato – [a] In’om qilmoq, baxsh etmoq; bermoq.

Chastotali lug‘atda so‘zning qo‘llanish darajasi haqida ma’lumot beriladi. I.A.Kissen muallifligida chop etilgan «Slovar naiboleye upotrebitelnix slov sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika» (Toshkent, 1970) lug‘ati chastotali lug‘at, unda so‘zning ma’lum bir tanlangan manbada necha marta uchraganligi va qo‘llanishi ko‘rsatilgan.

1. motam tutmoq: motam holatida bo‘lmoq, shunday holatni kechirmoq.

2. ota go‘ri-qozixonami?: janjallashib, xafalashib o‘tirishga arzimaydi

3. tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadi: hech kimga tinchlik bermaydi

1. Bobo-ota- bola- nabira-chevara-evara-duvara
Ma’nosiga ko‘ra
(qarindoshlikning davomiyligiga ko‘ra)

2. Boyaqish – bechora – sho‘rlik – notavon – ojiz – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(achinish belgisining kuchliligiga ko‘ra )

3. Kuchsiz – kamquvvat – zaif – nimjon – ojiz notavon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

4. Olov – o‘t – otash
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

5. Qizg‘anchiq – xasis – saxovatli – saxiy – hotamtoy
Ma’nosiga ko‘ra
(xususiyatning ijobiy-salbiyligiga ko‘ra)

6. Rota – qism – dviziya – qo‘shin – armiya
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkib miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

7. Saxiy – himmatli -saxovatli – hotam – tanti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.