Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ostona}
So‘z bo‘g‘inlari: os-to-na
Izoh(lar)i:
ostona ot

1. 1. Eshik, darvoza chorcho‘pining ostki ko‘ndalang yog‘ochi; binoga, hovliga kiraverishdagi yerga ko‘n-dalang yotqizilgan yog‘och, taxta, xarsang va shu kabilar; bo‘sag‘a. Baland ostona. Uy ostonasi. Ko‘cha eshik ostonasi. Eshik qattiq tepki bilan ochildi-yu, ostonada chuvalchangday chuvak., bir kishi paydo bo‘ldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Ahmad brigadir Nusratbekni yangi darvoza ostonasida ko‘rishi bilanoq ahvoli ruhiyasini tushundi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. ko‘chma hma Uy, xonadon, dargoh. — Shu yer tufayli bizlar sening ostonangga bosh egib, qulluq qilib keldik, — dedi Oyimxon. P. Tursun, O‘qituvchi
San’at shunday buyuk dargohki, uning ostonasiga qadam qo‘ydingmi, orqaga chiqishning imkoni yo‘q. Saodat

3. ko‘chma hma Qishloq yoki shaharga kiraverishdagi joy, bo‘sag‘a. Iskandar Xo‘jand ostonasida qattiq talafot ko‘rgan. Mirmuhsin, Temur Malik
Chekingan dushman qishloq ostonasidagi tepalikka chiqib olib, qarshilik ko‘rsata boshladi. N. Safarov, Komissar Qoraboyev

4. ko‘chma hma Biror voqea yoki hodisaning boshlanishiga yaqin qolgan payt; arafa. Hali esini tanimagan, o‘t-olov bola shu yerda balog‘at ostonasiga yetdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Yurtim, seni yana qutlab qo‘yayin, Qutlug‘ Yangi yilning ostonasida. A. Oripov, Yillar armoni

5. geogr. gr. Daryo ostidagi, ba’zan suvdan chiqib ko‘rinib turadigan va suv oqimini tezlashtirib, kemalar qatnovini qiyinlashtiradigan balandroq joy, do‘nglik.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ostonasiga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.