Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {osonlikcha}
So‘z bo‘g‘inlari: o-son-lik-cha
Izoh(lar)i:
osonlikcha ys

1. 1. Osonlik bilan, ko‘p kuch, mehnat sarflamasdan; osongina, jo‘ngina, bemashaqqat. Yutuqlar osonlikcha qo‘lga kirmadi. Bu muammo osonlikcha bitadigan ish emasdi. Yoshlik
G‘ulomqodirning ashulasini juda sog‘inib qoldik. Bir-ikki ashula qilib bermasa, bizdan osonlikcha qutulmaydi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Qarshilik ko‘rsatmay-netmay. Xolqo‘zi Zumradni biladi. U osonlikcha jon beradigan ayollardan emas. S. Siyoyev, Otliq ayol
Bizning qishloqda katta yer egalari osonlikcha jon bergani yo‘q. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.