Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {os} - il ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - tir ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o-sil-tir-moq
Izoh(lar)i:
os fl

1. 1. Bo‘ynidan sirtmoqqa ilib o‘ldirmoq. Dorga osmoq. Azizbek Xazina hisobini olish uchun kelgan devonbeklarni o‘ldirib, o‘rda darvozasiga osdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
[Zunnunxo‘ja:] Uyimga o‘t qo‘yaman! O‘zimni osaman! O‘g‘lim, jon o‘g‘lim, men sizni shu umid bilan o‘g‘lim deganmidim. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Mahkamlab, mixlab yoki ilib osiltirib qo‘ymoq. Devorga soat osmoq. Dorga gilam osmoq. Qoziqqa sochiq osmoq. Archaga o‘yinchoq va lampochkalar osdik. Qo‘yni ham o‘z oyog‘idan osadilar, echkini ham o‘z oyog‘idan osadilar. Maqol

3. 3. Bel, bo‘yin yoki yelkaga ilib ko‘tarib yurmoq, taqmoq. Belga qilich osmoq. Yigitlar miltiqlarini paypaslab topib, yelkaga osdilar va ko‘chaga otildilar. Oybek, Quyosh qoraymas

4. 4. Taqmoq, ilmoq. Quloqqa sirg‘a osmoq. Nuri oltin zanjirni bo‘yniga osdi, soat, ko‘kragidan pastroqda yulduzday yarqiradi. Oybek, Tanlangan asarlar
Bo‘yniga osib lola, Keldi shu go‘zal ko‘klam. G‘ayratiy

5. maxs. xs. O‘rnatmoq, joylashtirmoq; ilmoq. Traktorga kultivator osmoq. Qozon osmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.