Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {osh} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: osh-moq
Izoh(lar)i:
osh fl

1. 1. Miqdor yoki hajm jihatidan ko‘paymoq; o‘smoq; ortmoq. Fakultetdagi talabalar soni besh yuzdan oshdi. Paxta yildan yilga mo‘l bo‘lib, foydasi ham oshib turibdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Ortmoq, ortib qolmoq. Xarajatdan besh so‘m oshib qoldi.

3. 3. Ko‘tarilmoq. Oyim kuydi-yondi, dadamning qon bosimi oshib, kasalxonaga tushib qoldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Saodat labini jiyirib, shishachani qaytib uzatdi: — Yo‘q, besh so‘mdan oshsa olmayman Yoshlik
Hali oftobning dami qaytmagan, Qo‘shariqning katta ko‘chasidagi azamat teraklar toldan oshib, hovliga to‘rt enlikkina soya tashlagan payt edi. S. Ahmad, Ufq
Har kun mol narxi oshadi, bozorda savdogarlarning qulog‘i tikkaygan. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Ma’lum bir payt chegarasidan utmoq; kechmoq; og‘moq. Vaqt yarim kechadan oshdi. Soat uchdan oshdi. Ish boshlaganimga besh oydan oshdi. Yoshim qirq beshdan oshdi. Soat oltiga belgilangan to‘y soat o‘ndan oshganda boshlanibdi. A. Qahhor, To‘yda aza

5. 5. Mol sotib olishda uning bahosini oshirmoq, narxiga narx qo‘shmoq, orttirmoq. Boshqa bir raqib ilmasin, degan andisha bilan baqqol ham bir tangalab olaverdi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. 6. Kuchaymoq, zo‘raymoq; yanada sezilarli, ta’sirli bo‘lmoq. Alami oshdi. Zavqim oshdi. Ixlosim oshdi. Kayfi oshdi. G‘ayrati oshdi. Ishga havasi oshdi. Uyda o‘tiraverib, Murodning xunobi oshib ketdi. T. Ashurov, Oq ot
Iskandar ich-ichidan jig‘ibiyroni oshib, ters burilib chiqib ketdi. M. Mansurov, Yombi

7. 7. Takomillashmoq, yaxshilanmoq; yuqori bosqichga ko‘tarilmoq. Sotuvchining malakasi oshdi. Huquqiy ongimiz oshmoqda. Qadrlasang, qadring oshar. Maqol
Bu hujjatni butun rayonga tarqatmoqchimiz, Sher, obro‘ying oshib, cho‘qqiga ko‘tarilayotganingni bilyapsanmi?I. Rahim, Ixlos

8. 8. Biror jihatdan yoki biror sohada boshqalardan o‘tib ketmoq, o‘zmoq, zo‘r chiqmoq, orqada qoldirmoq. Agar yengsang, zo‘r kelsang, oshsang, Doim seni to‘yga boshlayman. E. Rahim, Yangi qadam

9. 9. Ma’lum bir to‘siq, chegara yoki balandlikdan o‘tmoq. Dovon(dan) oshmoq. Devordan oshmoq. Tog‘(dan) oshmoq. Suv to‘g‘ondan oshib tushyapti. Qimirlagan qir oshar. Maqol
Shermat devordan oshib, hovliga tushdi va oyoq uchida yurgancha, burchakdagi uy oldiga keldi. Yoshlik
Salomat qizlar bilan bog‘ma-bog‘ oshib kelib, devor panasidan qo‘shiqqa quloq solardi. S. Ahmad, Hukm

10. 10. Qo‘ldan qo‘lga, bir tashkilotdan boshqasiga o‘tmoq. Ish tergovdan sudga oshdi.

11. 11. Ko‘pmoq, ko‘pchimoq (xamir haqida). Xamir oshdi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. amalga oshmoq: voqelikka aylandi

2. diqqati oshmoq: bo‘g‘ilmoq, siqilmoq; zerikmoq.

3. yuragi toshmoq: kechinmalari ichiga sig‘may, kimgadir aytish aytish ehtiyoji tug‘ildi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.