1. 1. Keragidan ortiq, ko‘p; ortiqcha.
Oshiqcha yuk. Oshiqcha harakat.
2. 2. Keraksiz, behuda.
Oshiqcha gap.
▬
Hozir u Yaxshiboyevdan norozi bo‘ldi, lekin sirtiga chiqarmadi, garchi oshiqcha tashvish bo‘lsa-da, o‘zi gap qotdi. M. M.
Do‘st, Lolazor
Vaziri buzruk Shernazarboyning muddaosini payqadi, endi u bilan oshiqcha so‘zlashib o‘tirishning foydasi yo‘qligini bildi.
J. Sharipov, Xorazm
3. 3. Qo‘shimcha, ortiqcha.
Rejadan oshiqcha mahsulot. Oshiqcha haq to‘lamoq.