1. 1. Dildagi ezgu istak va niyatlar.
[G‘ulomjon] Qalbidagi tilak va istaklarni avvalgi kuni dadil aytolmagan bo‘lsa, ertasiga hammasini — butun orzu-havasini, sevgi va sezgisini ochiq aytdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. 2. Orzuli katta to‘y-tomoshalar, tantanali marosimlar.
— Ne-ne orzu-havaslar bilan kelin qilgan edim, — hasratini to‘ka boshladi enamiz, — ko‘nglimdagiday chiqmadi.
Yoshlik
Haligi men aytgan o‘rtog‘imning ota-onalari orzu-havas qidirib, bechora qizlarini qaritib qo‘ydilar!
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar