1. 1. Belgili miqdordan ortiq; ko‘p.
Ortiqcha pul. Ortiqcha xarajat.
2. 2. Keragidan, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lganidan ortiq, haddan ziyod.
— Meni ortiqcha izzat-u ikrom qilib, noqulay ahvolga solyapsizlar, — dedi Umid.
Mirmuhsin, Umid
Sodda odam ortiqcha xursandchilikdan ham o‘zini yo‘qotib qo‘ysa ajab emas.
P. Tursun, O‘qituvchi
Erining bu so‘ziga O‘zbek oyim ortiqcha qizishadi, labi-labiga tegmay bobillab beradi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bizniki [tomorqa] normadan uch hissa ortiqcha.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. 3. Keraksiz, foydasiz.
Ortiqcha gap.
▬
Nazokatga bolalari yo‘g‘ida ermak bo‘lgan Nazmi keyinchalik ortiqcha bo‘lib qoldi. Shuhrat,
Umr pog‘onalari
Qirqilgan qulog‘i tep-tekis bo‘lib ketgan, bu uning [Qulmat qorining] silliq kallasiga shunday yarashganki, sog‘ qulog‘i xuddi ortiqchaday ko‘rinardi.
A. Muxtor, Opa-singillar
Hasanali endigi o‘tirishni ortiqcha topib, o‘rnidan turdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar