Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {orqavoratdan}
So‘z bo‘g‘inlari: or-qa-vo-rat-dan
Izoh(lar)i:
orqavoratdan ys

1. 1. Birovning orqasidan, o‘zi yo‘g‘ida; zimdan. Ular [mardikorlar] Uning shopday mo‘yloviga qarab, orqavoratdan Muhiddin mo‘ylov deb ataymiz. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
Yormatning ko‘z oldida unga qarshi bir nima demasalar ham, orqavoratdan uni masxaralashar, hatto so‘kishar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Bevosita emas, balki birov orqali, birovlardan. Boshqa bezorilarni orqavoratdan eshitib yurardim-u, ana shu Shoqulni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. M. M. Do‘st, Lolazor.
— Sizni orqavoratdan so‘rab-surishtirib, o‘zim ham kuzatib kelaman, — dedi Farida. Yoshlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.