Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {original}
So‘z bo‘g‘inlari: o-ri-gi-nal
Izoh(lar)i:
original sf

1. 1. Asl nusxa; biror asar yoki narsaning bevosita muallif yoki ixtirochi tomonidan yaratilgan nusxasi; asli. Maqolaning originali. [Hofiz] Asarlarining originali bilan tanishishga ham imkon berish niyatida kitob fors va o‘zbek tillarida nashrga tayyorlandi. Sh. Shomuhamedov, Hofiz

2. 2. Nashr, chop etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan qo‘lyozma; ko‘paytirilish uchun mo‘ljallangan tasvir, fotosurat va shu kabilar

3. 3. Boshqa tilga tarjima qilishga asos bo‘lgan matn.

4. Boshqalarga o‘xshamaydigan, o‘ziga xos; ajoyib. Original bezaklar. Original konstruksiya. Raqqosaning original portreti. Teatrimizning qadrdoni, olim va dramaturg Izzat Sulton Abdulla Qodiriyning o‘tgan kunlari degan original asar yozib berdi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. original I Ot
asl nusxa

2. original II Sifat
o‘ziga xos, o‘xshashi yo‘q; belgi-xususiyati bilan boshqalardan ajralib turuvchi.

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.