Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oraliq}
So‘z bo‘g‘inlari: o-ra-liq
Izoh(lar)i:
oraliq ot

1. 1. Narsalar o‘rtasidagi joy, masofa. Tog‘ oralig‘i. Studentlar yotoqxonasi. Kichikroq xonada ikki karavot, oraliqda tumbochka. M. Boboyev, Go‘zallik istab
Haligi otliq yana ko‘rindi. Oraliq tobora qisqara bordi. S. Anorboyev, Oqsoy.

2. 2. Ikki payt, on, lahza o‘rtasidagi vaqt. Kichik vaqt oralig‘i.

3. tib. ib. Odam dum suyagining uchi va quymich do‘mboqlari oralig‘ida yotgan yumshoq to‘qimalar yig‘indisi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.