Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oqsoqol}
So‘z bo‘g‘inlari: oq-so-qol
Izoh(lar)i:
oqsoqol ot

1. 1. Soch-soqoli oqargan keksa odam; mo‘ysafid. Bu oqsoqol ketsa, o‘rniga yoshroq qorasoqol keladi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. tar tar . Ilgarigi davrda bir yoki bir necha mahalla yoki qishloqqa boshliq bo‘lgan mahalliy amaldor. Hay’at a’zolari yigirma kun qishloq oqsoqolinikida turib, tekshiruv o‘tkazdilar. S. Siyoyev, Avaz

3. 3. Hozirgi kunda: qishloq fuqarolar yig‘inlari va shaharlar mahalla qo‘mitalari raisi. Uni [mahallani] obod etish, tinchlik-xotirjamlikni ta’minlash, katta-kichik tadbirlarga bosh-qosh bo‘lish mahalla oqsoqolining zimmasida. Gazetadan

4. ko‘chma hma Guruh yoki sinf boshligi. Old qatorda o‘tirgan sinf oqsoqolimiz muallimga bir nima dedi. Yoshlik

5. ko‘chma hma Biror sohada ko‘p ishlagan, mehnati singan keksa kishi; rahbar. Ertasiga Qamish kapaga O‘zbekiston oqsoqoli Yo‘ldosh Oxunboboyev keldi. P. Tursun, O‘qituvchi

6. 6. Keksalarga yoki ulug‘ kishilarga nisbatan o‘z tengqurlari tomonidan ishlatiladigan murojaat shakli.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: chol
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Chol – keksa – qariya – qari – mo‘ysafid – oqsoqol – boboy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.