1. tar. ar. Boylar, zodagonlar oilasida yollanib xizmat qiluvchi ayol, xizmatkor ayol; cho‘ri.
Xolnisoning onasi Yormozor qishloqlik bir boyning eshigida oqsoch edi.
A. Muxtor, Opa-singillar
Oyxola g‘oyat xunuk, ozg‘in bir kampir bo‘lib, Yodgorning hujra oqsochidir.
Hamza, Tanlangan asarlar
2. sft. ft. Oq sochli, sochi oq.
Xayriyatki, anavi oqsoch professorning o‘zi kelmagani, bo‘lmasa, ungayam hurmatim qolmas edi. M. M.
Do‘st, Lolazor
— Shu g‘alvalarni bittagina mayor boshlab yuribdimi? — deb so‘radi oqsoch kishi.
Yoshlik