Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oqliq}
So‘z bo‘g‘inlari: oq-liq
Izoh(lar)i:
oqliq ot

1. 1. Sut va sutdan tayyorlanadigan mahsulotlar (qatiq, qaymoq va shu kabilar). Agar bo‘lsa oqlig‘ing, bilinmaydi yo‘qlig‘ing. Maqol
Echki bo‘lsa hamki, bola-chaqaga oqlik o‘zimizdan chiqib turgan edi, go‘sht-po‘shtini olib, bitta sog‘in echki bersanglar. S. Ahmad, Hukm
Anchadan beri oqliq ko‘rmagan farzandlarimning sutni nihoyatda ishtaha va ishtiyoq bilan icha-yotganini ko‘rib, o‘pkam to‘lib yig‘lab yubordim. Gazetadan

2. 2. Pishirilgan sutni ivitish (qatiq qilish) uchun unga solinadigan ozgina qatiq; tomizg‘i. — Hozir sut soqqandirsiz, axir. — Sog‘dim Pishirib, oqliq solib qo‘ygan edim. A. Qahhor, Sarob

3. etn etn . To‘yga rozilik belgisi sifatida sovchilarga sovg‘a qilinadigan oq yoki ochiq, och rangli gazlama, ro‘mol, kiyim-kechak. [Eshon] Qo‘ynidagi bir kiyim chitni Surxonboyning oldiga qo‘ydi-da, gap boshladi: — Mana bu xamir uchidan patir, hojim Oqliq Quda bo‘lmoqchimiz. I. Rahim, Taqdir

4. etn. tn. Ko‘mish marosimiga, azaga kelganlarga bo‘lib beriladigan ro‘molchabop gazlama; yirtish. Oqliq yirtish.

5. etn. tn. Kafan, kafanlik. Abdurahmonboy Olimjonni boyligiga sohib qilib, o‘zi ikki gazlikkina oqlikka ega bo‘lib, hovli-joylarini tashlab, bir bo‘ygina chuqurgacha kirib, bedom-u darak ketdi. Hamza, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: oqlik Oq belgisiga ega bo‘lishlik. Sochning oqligi.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.