1. Oqqa moyil, nim oq; oqimtir, oqchil. Oqish bulut. Oqish bo‘yoq. Oqish qog‘oz. ▬ Osmon o‘zining yozgi tiniqligini yo‘qotgan, oqish xira. S. Anorboyev, Oqsoy Daladan ilon izi bo‘lib ketgan oqish yo‘lning ufqida bir nima yilt etdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. Oqmoq fe’lidan harakat nomi. Suvning oqishiga qara, xalqning xohishiga qara. Maqol
1. Oqish – oq – oppoq Ma’nosiga ko‘ra (rang darajasining oshib borishiga ko‘ra)
2. Sahar – tong – choshgoh – tush – kun oqish – kun botishi – kech – shom – tun Ma’nosiga ko‘ra (sutka qismlarining ketma-ketligiga ko‘ra)