Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oqim}
So‘z bo‘g‘inlari: o-qim
Izoh(lar)i:
oqim ot

1. 1. Ma’lum bir tomonga oqayotgan suv, suyuqlik yoki gaz jarayoni. Issiq oqim. Sovuq oqim. Gaz oqimi. Rashid qayiqni oqim ixtiyoriga qo‘yib yubordi. Shuhrat, Shinelli yillar

2. 2. Shunday jarayon yo‘nalgan tomon, yo‘nalish. Azizxon ariqqa tushganda, besh-olti yigit oqimga qarshi suvni shaloplatib suzib yurishardi. S. Ahmad, Ufq
Chavandoz otini orqaga burib, suv oqimiga qarab ketdi va yuz qadamcha yurgandan keyin yuganini tortib, qamchi urdi. H. G‘ulom, Mash’al

3. fiz. iz. Berilgan sirtdan vaqt birligi ichida o‘tayotgan to‘liq energiya miqdori. Yorug‘lik oqimi. Elektronlar oqimi. Magnit oqimi.

4. ko‘chma hma Ma’lum bir tomonga yo‘nalgan kishi yoki narsalar jarayoni. Odamlar oqimi. Xatlar oqimi. Maydon atrofidagi ko‘chalarda, parklarda xalq oqimi toshar, chayqalar edi. Oybek, Nur qidirib
Pul oqimini Aliqulning o‘zi boshqarardi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Yomg‘ir sharros quyar, ko‘chadagi yo‘lovchilar soyabon ostida shoshilib qadam tashlar, ulkan mashinalar oqimi yomg‘ir selini shirillatib kesib borardi. A. Nurmurodov, Urush

5. ko‘chma hma Ijtimoiy faoliyat, ilm-fan, nazariya va shu kabilarning biror sohasidagi yo‘nalishi; qarash. Reaksion oqim. Siyosiy oqim. Zamon oqimi. Yoshlar hali oqim sifatida o‘zlarini namoyon qila olganlari yo‘q. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: oqin Doim oqib turadigan, oqar; xalq shoiri.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Noxush – ko‘ngilsiz – yoqimsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgi ifodalash kuchining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.