Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oqibatsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: o-qi-bat-siz
Izoh(lar)i:
oqibatsiz sf

1. Oqibatni, yaxshilikka yaxshilik qaytarishni bilmaydigan; bemehr, muruvvatsiz. Oqibatsiz odam, Namuncha bu bolalarning ota-onalari oqibatsiz bo‘lishmasa?! Sharq yulduzi

2. rvsh. E’tibor berilmasdan, tekshirilmasdan, natijasiz. Temur Malik va Jaloliddin rejalari oqibatsiz qoldi. Mirmuhsin, Temur Malik
Salimning To‘la to‘g‘risida onasiga kuyinib aytgan so‘zlari oqibatsiz qolib ketdi. M. Ismoiliy, Bizning roman

Antonim(lar)i: oqibatli
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.