1. 1. Fizikaning yorug‘likning tabiatini, yorug‘lik hodisalari qonuniyatlarini, yorug‘lik bilan boshqa moddalarning o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan bo‘limi.
Bobolarimiz — Beruniy, Mirzo Ulug‘beklar nazari tushgan hikmat ilmi — optika hamon navqiron.
Fan va turmush
2. 2. Yorug‘likning aks etish va sinish qonunlariga asoslangan asbob-uskunalarning umumlashma nomi.
Kiyev markali fotoapparatlar a’lo sifatli optikasi va mexanikasi bilan dong taratgan.
Gazetadan
3. 3. Ko‘zoynak, kontakt linzalar tanlash va sotish uchun ixtisoslashgan magazin.