Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {opich} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o-pich-moq
Izoh(lar)i:
opich fl

1. 1. Kimsani orqasiga mindirib ko‘tarmoq, ko‘tarib yurmoq. Bolani opichmoq. Agar dunyoning narigi burchagiga sizni opichib borishga to‘g‘ri kelsa, men suyuna-suyuna bajarardim. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Kimsaning orqasiga minmoq, minib yopishib bormoq. — To‘lqinboy, — dedi G‘ani ota yelkasini bolaga tutib, — qani opichib oling, saroyga tushamiz. H. G‘ulom, Mash’al
Qani, azamat, menga opich, mardona ishing bu yerda tugadi. V. G‘ofurov, Vafodor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.