1. 1. Kimsani orqasiga mindirib ko‘tarmoq, ko‘tarib yurmoq.
Bolani opichmoq.
▬
Agar dunyoning narigi burchagiga sizni opichib borishga to‘g‘ri kelsa, men suyuna-suyuna bajarardim.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Kimsaning orqasiga minmoq, minib yopishib bormoq.
— To‘lqinboy, — dedi G‘ani ota yelkasini bolaga tutib, — qani opichib oling, saroyga tushamiz.
H. G‘ulom, Mash’al
Qani, azamat, menga opich, mardona ishing bu yerda tugadi.
V. G‘ofurov, Vafodor