Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {operatsiya}
So‘z bo‘g‘inlari: o-pe-rat-si-ya
Izoh(lar)i:
operatsiya ot

1. 1. Ba’zi kasalliklarni davolash maqsadida kasallangan joyni jarrohlik yo‘li bilan yorish, kesish, tikish. Ko‘z operatsiyasi. Operatsiya stoli. U vrachlarning taklifini kutmay, operatsiya xonasi yoniga o‘zi chiqib turdi. T. Ashurov, Oq ot

2. 2. Biror maqsadni ko‘zlab yoki biror operativ yoki strategik vazifani bajarish uchun yagona reja bo‘yicha va kelishilgan vaqtda olib boriladigan jang harakatlari majmui. Jangovar operatsiya. Operatsiya kartasi. Mayor Maqsud Soliyev yarim tunda operatsiyani yakunlab, uch oydan beri izma-iz quvib kelayotgan jinoyatchini qo‘lga olgach, uyga qaytgan edi. Yoshlik
Har kun aktiv operatsiyalar olib borildi: Varshava yo‘llariga pistirmalar qo‘yildi, minalar ko‘mildi. I. Rahim, Chin muhabbat

3. 3. Savdo, moliya, pochta, sanoat, kompyuter, sug‘urta va boshqalar bilan bog‘liq vazifalarni bajarishga qaratilgan faoliyat yoki xatti-harakat. Bank operatsiyalari. Bugungi kunda 6 ming kichik va xususiy kor-xona hisob-kitob raqamida hech qanday operatsiya amalga oshirilmagan. Gazetadan

4. 4. Texnologik jarayonning bir ish joyida bajariladigan alohida bir qismi. Detalga sayqal berish operatsiyasi. Bitta transformator ishlab chiqarish uchun qanchadan-qancha operatsiya bajariladi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.