Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {opa}
So‘z bo‘g‘inlari: o-pa
Izoh(lar)i:
opa ot

1. 1. Bir ota-onadan tug‘ilgan farzandlar ichida o‘zidan kichiklarga (ukalarga, singillarga) nisbatan katta qiz. Opasi erga tekkanda, Adolat o‘n bir yashar qiz edi. A. Qahhor, Qizlar
Nizomjon opasiga ko‘rinmay, yong‘oq orqasidan aylanib o‘tib ketdi. S. Ahmad, Ufq.

2. 2. O‘zidan katta, ba’zan kichik ayollarga hurmat yuzasidan ularning ismiga qo‘shib ishlatiladi, masalan, Mastura opa, Malika ona. Rais opa ham shu yerda bo‘lsalar kerak. S. Ahmad, Ufq
Yo‘q, Mo‘ttixon opa, bu ishni kechiktirmang, jon Mo‘ttixon opa. S. Zunnunova, Olov

3. 3. O‘zidan katta, ba’zan kichik ayollarga hurmat bilan murojaat qilish shakli. Suhbatda Mastonning salmog‘i tobora ortmoq-da edi. Ilgari singlim deb turgan yigitlar sal o‘tmay opa deydigan bo‘lishdi. A. Qahhor, Maston
Hormang, opa, charchamadingizmi? Ishlar qalay? T. Ashurov, Oq ot
— Opa, nima ish bilan shug‘ullanasiz? — dedi ofitsiantka. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Bu oilaga slavyan guruhi (belorus, rus, ukrain, slovak, chex, polyak, makedon, serb, xorvat, sloven tili), german guruhi (ingliz, nemis, shved, norveg, dat, island, golland tili), roman guruhi (fransuz, ispan, portugal, italyan, rumin, moldavan tili) boltiq guruhi (litva, latish, latgal tili), eron guruhi (fors, afg‘on, osetin, kurd, tojik tili), hind guruhi (hind, urdu, bengal, panjob, gujarat tili) kiradi.

 

1. o‘tirgani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

2. o‘tqazgani joy topa olmaydi: o‘ta darajada ardoqlandi, parvona bo‘ldi

3. o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

4. tuya cho‘ksa, joy topar: O‘tiruvchilar tig‘iz, zich bo‘lgan holatlarda yana boshqa kimsa o‘tirishni xohlasa, joy topilishini, sig‘ishini qayd etuvchi ibora

1. Chopqir – chopag‘on – yuguruk – uchqur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.