1. 1. Ongga ega, aql-idrokli.
Ongli kishi,
▬
Har bir ongli ishchi bizning ulug‘ haqiqatimizning tashviqotchisi bo‘lishi kerak.
Oybek, Nur qidirib
Axir shu paytgacha, cheksiz koinot qa’rida bizdan o‘zga ongli mavjudot saqlanib qolganini bila olmagandik-ku?! S.
Siyoyev, Yorug‘lik
2. 2. Ong, aql-idrok bilan bog‘langan, aql-idrok taqozosi bilan qilinadigan; Shunday ong-tushunchaga asoslangan.
Ongli hayot.
▬
Albatta, bu natija tinimsiz ongli mashg‘ulot, o‘z ustida ishlash evaziga qo‘lga kiritiladi.
Fan va turmush
3. 3. Voqelikni, ijtimoiy hayotni, o‘z mavqeyi va tarixiy burchini to‘g‘ri tushunadigan; ongi baland; belgili tushunchaga ega, bilimli; madaniyatli.
O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechyapti.
Gazetadan
Teshaboy zamonasining besh-olti xotinlik qoloq boylaridan bo‘lmay ongli boylardan edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha