1. 1. Ba’zi-ba’zida, goho.
Akrom., institutda o‘qib yurganda ham onda-sonda qishloqqa kelar, shunda Sharofatdan o‘zini olib qochib yurardi.
Yoshlik
— Qishloqda turgan vaqtimda ham onda-sonda uchrashardik, — dedi Rahimov Tuyg‘unoyga.
B. Rahmonov, Oltin odamlar
2. 2. U yer-bu yerda, unda-munda, siyrak.
Umid va Hafiza tor ko‘chaga burilishdi, onda-sonda simyog‘ochlardagi chiroqlar yonib turardi.
Mirmuhsin, Umid
Qo‘riqni ko‘m-ko‘k o‘t qoplab yotgan bo‘lsa ham, mol kam, onda-sonda bitta-ikkita sigir, qo‘y ko‘rinar edi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari