Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {onaxon}
So‘z bo‘g‘inlari: o-na-xon
Izoh(lar)i:
onaxon ot

1. 1. Onani yoki keksa ayolni sevib, erkalatib, juda yaqin olib murojaat etish shakli. Qo‘shariqlik bir onaxonning uyiga borib, bosh yuvib, kir chayqab kelmoqchi edi. S. Ahmad, Ufq

2. 2. Xotinlarga bosh, hurmatli keksa ayol. O‘zbek oyimning obro‘si yolg‘iz shular bilangina cheklanib qolmas, uni o‘rda xonimlari ham ehtirom qilib, o‘zlarining onaxonlari deb bilar edilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yaqinda mahallamizda istiqomat qiladigan To‘ti aya ismli onaxon vafot etdi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.