Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ona}
So‘z bo‘g‘inlari: o-na
Izoh(lar)i:
ona ot

1. 1. Farzandi yoki farzandlari bo‘lgan xotin (o‘z tug‘gan farzandlariga nisbatan); bolali xotin. Ko‘p bolali ona. Bola yig‘lamasa, ona emchak bermas. Maqol
Erka tutsa onasi, taltayadi bolasi. Maqol
Qiz ertalab turib, darrov onasiga razm soldi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Oila boshlig‘i, tarbiyachisi. Bular uchun alohida qozon osilarmidi. Siz hammasining onasi, u kishi — ota. Usta bolani juda yaxshi ko‘radilar. A. Qahhor, Tomoshabog‘

3. 3. Keksa ayollarga hurmat yuzasidan ularning nomiga qo‘shilib ishlatiladi, masalan Tojixon ona, Norjon ona.

4. 4. Keksa ayollarga hurmat bilan murojaat etish formasi.

5. 5. Bola tug‘gan jonivor. Toychoqning onasi. Ona qo‘y. Yaxshi buzoq ikki onani emar. Maqol
Ona ari urug‘lagandan keyin bir sutkada 1500—2000 tagacha tuxum qo‘yadi. Fan va turmush

6. ko‘chma hma Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Yer — hayotning onasi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

«Kitob al-idrok li lisonal-atrok»Abu Hayyon al-Andalusiy (1256–1345) ning asari. Bu nodir asar 1312- yilda Qohirada bitilgan, lug‘at va grammatikadan iborat. Asarning 2 qo‘lyozmasi bor. Ular Istanbulda saqlanmoqda. Mazkur qo‘lyozmalar asosida 1891- yilda Mustafo Bey va 1931- yilda Ahmad Ja’far o‘g‘li asarni chop qildi. So‘nggi davrlarda esa A.Zayonchkovskiy, K.Brokkelmann, F.Vushtenfeld, L.Bouvat, E.Fozilov, A.Kurishjonov, N.Rasulova singarilar bu asar yuzasidan maxsus tadqiqot olib bordilar.

“Kitob al-idrok li lisonal-atrok” tilida qipchoq elementlari kuchliroq. Mas., r, g tovushining y tovushiga o‘tishi holati: agin – ayin, dagma – tayma, bak – bay, agarlab – ayarlab. G tovushining y, v tovushlariga o‘tishi: bug‘doy – buvday, og‘ul – ovul. G tovushining undoshlar oldidan tushishi: igna – ina; x tovushining k ga o‘tishi: xoja – koja. So‘z boshida y tovushining orttirilishi: ilon – yilon, ip – yip. So‘z o‘rtasida t undoshidan oldin l undoshining orttirilishi: katur – kaltur kabi.

“Kitob al-idrok li lisonal-atrok” tilida o‘g‘uz elementlari ham uchrab turadi. Mas., m tovushining btovushiga o‘tishi: men – ben. T tovushining d tovushiga o‘tishi: tamir – damir, tilku – dilku.

Lug‘atda 5 ta arabcha va 13 ta forscha so‘z qayd etilgan. -niki qo‘shimchasi o‘rnida qaratqich kelishigi shakli qo‘llangan: yir sanindir (yer senikidir). Sifatlarning orttirma darajasi yavlak so‘zi orqali hosil qilingan: yavlak ko‘rkludur. Yarim ma’nosini bildiruvchison manbada bichuk, yaru so‘zlari orqali berilgan.

Asar turkiy tillar tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

Filologiya fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi Sh.Shoabdurahmonov1924- yilda Toshkentda tavallud topgan.. O‘zbek tili fonetikasi, o‘zbek tilining badiiy-estetik vazifasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, dialektologiyasi yuzasidan qator salmoqli asarlar yaratib, tilshunosligimiz rivoji uchun munosib hissasini qo‘shdi. Jumladan, «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar» (1953), «Fonetika. O‘zbek tili fonetikasiga doir ba’zi masalalar» (1953), «O‘zbek tilida punktuatsiya» (1955), «O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari» (1962) kabi asarlari o‘zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

Akademik Sh.Shoabdurahmonov o‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning V.Reshetov bilan hamkorlikda oliy maktablarning o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun «O‘zbek dialektologiyasi» (1962, 1969, 1978) darsligi, shuningdek, o‘rta maktablarning IX sinfi uchun hammualliflikda yozilgan «O‘zbek tili» (1977, 1978, 1980, 1982) hamda oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I qism» (1980) darsliklari alohida ahamiyatga ega.

 

Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasining asosini zamonaviy leksika tashkil etadi. Bu leksika umumiste’mol so‘z, qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘z, faol so‘z, zamondosh so‘z kabi atama bilan ham yuritiladi

 

1. afsona bo‘lmoq: el-xalqqa gap-so‘z bo‘lmoq, elga doston bo‘lmoq

2. begona qilmoq: 1.o‘zidan uzoqlashtirmoq, yot kishilar qatoriga o‘tkazmoq; 2.ko‘chma chetga ketkizmoq. birovning qo‘liga, ixtiyoriga o‘tkazib yubormoq

3. ko‘zi xonasidan chiqay dedi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

4. og‘zidan ona suti ketmagan: hali yosh, tajribasiz

5. omonatini topshirmoq: jon taslim qilmoq, olamdan o‘tmoq; o‘lmoq.

6. ona suti og‘zida: hali yosh, tajribasiz

7. ona suti og‘zidan keldi: haddan tashqari qiynalib ketdi

8. ona suti og‘zidan ketmagan: hali yosh, tajribasiz

9. ona suti og‘ziga keldi: haddan tashqari qiynalib ketdi

10. onasini ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi

11. onasini uch qo‘rg‘ondan ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi

12. ostonasiga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

13. ota go‘ri-qozixonami?: janjallashib, xafalashib o‘tirishga arzimaydi

14. peshona teri: halol mehnat

15. peshona teri tukildi: mashaqqat bilan jismoniy mehnat qildi

16. peshonasi taq etib devorga tegmoq: o‘z bilganidan qolmay, oxiri ishi voy bo‘lmoq.

1. Axmoq – tentak – go‘sxur – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiqligiga ko‘ra)

2. Birdan-bir – yagona – yakkayu-yagona – yolg‘iz – tanho
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

3. Boshqa – o‘zga – yot – begona – raqib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalashiga ko‘ra )

4. Hujra – kulba – uy – hovli – qasr – koshona – saroy
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortishiga ko‘ra)

5. Jinni – telba – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

6. Kapa – chayla – kulba – hujra – xona – uy- hovli – qasr – saroy – koshona – kushk
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

7. Sabil (savil) – ordona – zormanda – baytalmon – egasiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

8. Sotqin – xoin – xiyonatkor – g‘addor – murtad
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.